Ustoz! Shu birgina so‘z zamirida olam-olam ma’no va hurmat mujassam. Uqituvchi-sofdil, kamtarin, ma’naviy boy, ahloqan pok insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoqlasak arziydi. Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo‘riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir!
TDYU ARM jamoasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni muborakbod etadi, mashaqqatli ammo sharafli kasblarida ularga muvaffaqiyatlar va zafarlar yor b‘lsin!