Toshkentda ilk marta «Tashkent Book Fest» xalqaro kitob-ko’rgazmasi

«Tashkent Book Fest» — mamlakatimiz madaniy hayotida yorqin voqea.

Toshkent shahrida ilk marta 2-4 oktyabr kunlari O‘zexpomarkaz Milliy ko‘rgazmalar kompleksida I Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkaziladi. Barcha kitobsevarlar va mutolaa ixlosmandlari taklif etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etilayotgan Tashkent Book Fest ishtirokchilari ko‘rgazma yarmarka davomida mahalliy va xorijiy nashriyotlarning mahsulotlari bilan yaqindan tanishishlari, yangi kitob namoyishlarida, mashhur yozuvchilar va shoirlar bilan uchrashuvlarda qatnashishlari va tashkilotchilar tomonidan o‘tkaziladigan turli aksiyalar va tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo’lib o’tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko’plab aktsiya hamda kitob tanlovlari o’tkaziladi.

Ko’rgazma joriy yilning 2-4 oktyabr` kunlari «O’zekspomarkaz» Milliy ko’rgazmalar majmuasida bo’lib o’tadi.

Barcha tashrif buyuruvchilar uchun kirish ochiq. Kirish uchun tashrif vaqtida yoki onlayn ravishda ro‘yxatdan o‘tiladi.

Video

Darslar

Bibliografik

Ko'rsatkichlar

Gʻafur Gʻulom

O'zbekistonning taniqli yozuvchisi.

Перейти к содержимому